Qo'llanma

Tizim nima qiladi, fayllarni qanday yuklanadi va natijani qanday o'qiladi — uch qadamda, misollar bilan.

Bu tizim nima qiladi

Bank ko'chirmangizni va faktura ro'yxatini yuklasangiz, tizim har bir kontragent bo'yicha pul bilan fakturani solishtiradi va FARQ borlarini ajratib beradi. Qo'lda bir necha kun ketadigan ish — bir necha soniyada.

Tizim to'langan pul bilan kelgan fakturani kontragent kesimida solishtiradi va farq borlarini ajratib ko'rsatadi.

  • ●To'langan / tushgan pul— bank ko'chirmasidan
  • ●Kelgan / yozilgan faktura— E-fakturadan
  • ●Farq bor — ish qilish kerak— faktura so'rash yoki yozish
  • ●Qarz— pul yoki faktura yetishmaydi

Uch qadamda

Fayllarni yuklang

Ikkita fayl kerak: bankdan olingan ko'chirma va E-fakturadan yuklangan fakturalar ro'yxati. Ikkalasini birga tanlasangiz ham bo'ladi.

Formatlar: .xls, .xlsx, .csv. Bankning o'z faylini o'zgartirmasdan, qanday bo'lsa shunday yuklang.

Chiqim sverkasi

Excel / CSV fayllarni tanlang

.xls · .xlsx · .csv

fayllarni shu yerga
Tahlil

Tizim nimani o'qiganini ko'rsatadi

Yuklangandan keyin birinchi ko'rinadigan narsa — natija emas, TEKSHIRUV: qaysi fayldan qaysi varaq, nechta qator o'qildi va faylning o'z yakuni bilan mos keldimi.

Qoldiq tenglamasi faylning o'zini tekshiradi: boshlang'ich qoldiq + kirim − chiqim oxirgi qoldiqqa teng chiqmasa, tizim buni AYTADI va natijani jimgina ko'rsatavermaydi.

✓ O'qish hisoboti
Fayl / varaqQatorSummaFayl yakuni
bank ko'chirmasi.xlsx
01-06 январ-июн · BANK_TURNOVER
209650 043 832✓ 650 074 152
bank ko'chirmasi.xlsx
07 июл · BANK_TURNOVER
48698 696 560✓ 698 784 815
fakturalar.xlsx
FAKTURA
128472 747 910—
fayl o'zini tekshirdi

Qoldiq tenglamasi — boshlang'ich qoldiq + kirim − chiqim = oxirgi qoldiq

Farqni ko'ring

Jadvalda har bir kontragent bo'yicha: qancha pul o'tgan, qancha faktura bor va oradagi farq. Oxirgi ustun nima qilish kerakligini so'z bilan yozadi.

Natijani Excel'ga yuklab olish va bitta kontragent uchun Akt sverki tayyorlash mumkin.

Dalolatnoma (Sverka)
Firma nomlariTo'langan pulKelgan fakturaFarqi
SAMO SAVDO
300100100
473 954 000473 954 0000
ORIENT TEXNIKA
300200200
050 278 000−50 278 000
BARKAMOL QURILISH
300300300
8 271 0006 036 9482 234 052
JAMI482 225 000530 268 948−48 043 948
javob shu ustunda

Ikkita sverka — ikkita savol

Ikkalasi ham bitta korxona uchun, lekin pulning yo'nalishi boshqa. Aralashtirib yubormaslik uchun har birining o'z rangi bor.

Chiqim sverkasi

To'langan pul ↔ Kelgan faktura

Siz pul to'ladingiz. Yetkazib beruvchi faktura yozib berdimi? Kim faktura bermagan — shu yerda ko'rinadi.

Kirim sverkasi

Tushgan pul ↔ Yozilgan faktura

Sizga pul tushdi. Siz faktura yozib berdingizmi? Kim to'lamagan — shu yerda ko'rinadi.

Sinovda nima topildi

Haqiqiy 7 oylik ma'lumotda — 1,37 mlrd so'm aylanma, 152 o'tkazma, 159 faktura, 35 kontragent. Tizim buxgalter O'TKAZIB YUBORGAN farqlarni topdi:

  • ORIENT TEXNIKA50 278 000— faktura bor, to'lov yo'q
  • ZAMIN LOGISTIKA227 503— faktura bor, to'lov yo'q
  • NUR PLASTIK1 366 176— farq 28%

Firma nomlari shartli — raqamlar haqiqiy sinovdan.

Tez-tez so'raladigan savollar

Tizim raqamni o'zi tuzatib qo'yadimi?

Yo'q. Hech qachon. Tizim faqat faylda nima yozilganini o'qiydi va farqni ko'rsatadi. To'g'rilash — sizning qaroringiz.

Qaysi banklarning fayllari o'qiladi?

Hozir taniydigan shakllar: Hamkorbank, Ipoteka / ASBT va bir nechta umumiy ko'rinishlar. Notanish shakl kelsa, tizim uni o'rganib oladi va keyingi safar o'zi taniydi.

Fayllarim kimga ko'rinadi?

Faqat sizga. Har bir hisob o'z ish maydonida ishlaydi — boshqa foydalanuvchi sizning korxonalaringizni ham, summalaringizni ham ko'rmaydi.

Pulimi?

Yo'q, hozircha hammasi bepul va cheklovsiz: sverka soni ham, korxona soni ham, foydalanuvchi soni ham cheklanmagan. Karta so'ralmaydi, sinov muddati yo'q — faqat ro'yxatdan o'tasiz. Keyinchalik pulli reja paydo bo'lsa, oldindan e'lon qilinadi.

Kommunal va soliq to'lovlari sverkani chalg'itmaydimi?

Ular alohida toifaga ajratiladi va asosiy jadvaldan olib turiladi. Lekin HECh QACHON o'chirilmaydi — tepadagi «JAMI» har doim to'liq summa bo'lib qoladi.

Qanday fayl formatlari qabul qilinadi?

Excel (.xls, .xlsx) va CSV. Bankning o'z faylini o'zgartirmasdan, qanday bo'lsa shunday yuklasangiz bo'ladi.

Akt sverki tayyorlab bera oladimi?

Ha. Bitta kontragent uchun rasmiy ikki tomonlama dalolatnoma tuziladi: Data, Dokument, Debet, Kredit ustunlari va Saldo bilan. Excel fayl bo'lib yuklanadi.

Ma'lumotlarim qayerda saqlanadi?

Yuklangan faylning o'zi saqlanmaydi — u faqat o'qiladi. Siz «Saqlash» tugmasini bossangiz, natija jadvali o'z ish maydoningizda saqlanadi.

Bitta korxonada sinab ko'ring

Eng chalkash mijozingizning bank ko'chirmasi va faktura ro'yxatini yuklang. Farq bormi — bir daqiqada bilasiz.