Qoldiq tenglamasi
Boshlang'ich qoldiq + kirim − chiqim = oxirgi qoldiq. Debet bilan kredit almashib ketsa faylning «Itogo» qatori buni SEZMAYDI — bu tenglama sezadi va aytadi.
boshlang'ich · kirim · chiqim · oxirgi qoldiq
Bank ko'chirmasi bilan faktura ro'yxatini yuklang — tizim har bir kontragent bo'yicha raqamlarni solishtiradi va farq borlarini ajratib beradi.
Qo'lda bir necha kun ketadigan ish bir necha soniyada.
Tizim to'langan pul bilan kelgan fakturani kontragent kesimida solishtiradi va farq borlarini ajratib ko'rsatadi.
Karta so'ralmaydi, to'lov so'ralmaydi. Hamma imkoniyat ochiq va cheklovsiz.
To'langan pul
482 225 000
Kelgan faktura
530 268 948
Farq
−48 043 948
1,37 mlrd
so'm aylanmada sinovdan o'tgan
142
ta avtomat tekshiruv, har o'zgarishdan keyin
6
ta haqiqiy bank fayli — etalon to'plam
Haqiqiy sinovda: 1,37 mlrd so'm aylanma, 152 o'tkazma, 159 faktura, 35 kontragent.
Ikkita fayl kerak: bankdan olingan ko'chirma va E-fakturadan yuklangan fakturalar ro'yxati. Ikkalasini birga tanlasangiz ham bo'ladi.
Formatlar: .xls, .xlsx, .csv. Bankning o'z faylini o'zgartirmasdan, qanday bo'lsa shunday yuklang.
Excel / CSV fayllarni tanlang
.xls · .xlsx · .csv
Yuklangandan keyin birinchi ko'rinadigan narsa — natija emas, TEKSHIRUV: qaysi fayldan qaysi varaq, nechta qator o'qildi va faylning o'z yakuni bilan mos keldimi.
Qoldiq tenglamasi faylning o'zini tekshiradi: boshlang'ich qoldiq + kirim − chiqim oxirgi qoldiqqa teng chiqmasa, tizim buni AYTADI va natijani jimgina ko'rsatavermaydi.
Qoldiq tenglamasi — boshlang'ich qoldiq + kirim − chiqim = oxirgi qoldiq
Jadvalda har bir kontragent bo'yicha: qancha pul o'tgan, qancha faktura bor va oradagi farq. Oxirgi ustun nima qilish kerakligini so'z bilan yozadi.
Natijani Excel'ga yuklab olish va bitta kontragent uchun Akt sverki tayyorlash mumkin.
Ikkalasi ham bitta korxona uchun, lekin pulning yo'nalishi boshqa. Aralashtirib yubormaslik uchun har birining o'z rangi bor.
Chiqim sverkasi
To'langan pul ↔ Kelgan faktura
Siz pul to'ladingiz. Yetkazib beruvchi faktura yozib berdimi? Kim faktura bermagan — shu yerda ko'rinadi.
Kirim sverkasi
Tushgan pul ↔ Yozilgan faktura
Sizga pul tushdi. Siz faktura yozib berdingizmi? Kim to'lamagan — shu yerda ko'rinadi.
Har biri haqiqiy faylda chiqqan muammodan kelib chiqqan — ro'yxat to'ldirish uchun emas.
Boshlang'ich qoldiq + kirim − chiqim = oxirgi qoldiq. Debet bilan kredit almashib ketsa faylning «Itogo» qatori buni SEZMAYDI — bu tenglama sezadi va aytadi.
boshlang'ich · kirim · chiqim · oxirgi qoldiq
Notanish bank shakli kelsa, tizim uni o'rganib oladi va keyingi safar o'zi taniydi. Xotira umumiy — har yangi foydalanuvchi hamma uchun tizimni kuchaytiradi.
To'lanmagan faktura qoldig'i 0–30 / 31–60 / 61–90 / 90+ kun bo'yicha ajratiladi. Hisob FIFO: kelgan pul eng eski fakturadan boshlab yopiladi.
Bitta kontragent uchun rasmiy ikki tomonlama hujjat: Data · Dokument · Debet · Kredit, Saldo va Oboroti qatorlari bilan. Excel'da, bosishga tayyor.
Haqiqiy 7 oylik ma'lumotda — 1,37 mlrd so'm aylanma, 152 o'tkazma, 159 faktura, 35 kontragent. Tizim buxgalter O'TKAZIB YUBORGAN farqlarni topdi:
Firma nomlari shartli — raqamlar haqiqiy sinovdan.
Barcha imkoniyatlar ochiq va cheklovsiz. Karta so'ralmaydi, to'lov so'ralmaydi, sinov muddati yo'q.
Bepul
Hamma uchun — mustaqil buxgalter ham, jamoa ham
Dastur hali yosh. Keyinchalik pulli reja paydo bo'lsa, buni oldindan e'lon qilamiz — hisobingiz jimgina qulflanmaydi.
Bular hali YO'Q. Va'da sifatida emas, yo'nalish sifatida yozilgan.
MXIK (IKPU) kodlari bo'yicha tovar qoldiqlarini avtomatik hisoblash.
Soliq xavflarini oldindan ko'rsatish va avtomatik balans tuzish.
Excel o'rniga bank va E-faktura bilan bevosita aloqa (1C «Kliyent-Bank», camt.053).
Yo'q. Hech qachon. Tizim faqat faylda nima yozilganini o'qiydi va farqni ko'rsatadi. To'g'rilash — sizning qaroringiz.
Hozir taniydigan shakllar: Hamkorbank, Ipoteka / ASBT va bir nechta umumiy ko'rinishlar. Notanish shakl kelsa, tizim uni o'rganib oladi va keyingi safar o'zi taniydi.
Faqat sizga. Har bir hisob o'z ish maydonida ishlaydi — boshqa foydalanuvchi sizning korxonalaringizni ham, summalaringizni ham ko'rmaydi.
Yo'q, hozircha hammasi bepul va cheklovsiz: sverka soni ham, korxona soni ham, foydalanuvchi soni ham cheklanmagan. Karta so'ralmaydi, sinov muddati yo'q — faqat ro'yxatdan o'tasiz. Keyinchalik pulli reja paydo bo'lsa, oldindan e'lon qilinadi.
Ular alohida toifaga ajratiladi va asosiy jadvaldan olib turiladi. Lekin HECh QACHON o'chirilmaydi — tepadagi «JAMI» har doim to'liq summa bo'lib qoladi.
Excel (.xls, .xlsx) va CSV. Bankning o'z faylini o'zgartirmasdan, qanday bo'lsa shunday yuklasangiz bo'ladi.
Ha. Bitta kontragent uchun rasmiy ikki tomonlama dalolatnoma tuziladi: Data, Dokument, Debet, Kredit ustunlari va Saldo bilan. Excel fayl bo'lib yuklanadi.
Yuklangan faylning o'zi saqlanmaydi — u faqat o'qiladi. Siz «Saqlash» tugmasini bossangiz, natija jadvali o'z ish maydoningizda saqlanadi.
Eng chalkash mijozingizning bank ko'chirmasi va faktura ro'yxatini yuklang. Farq bormi — bir daqiqada bilasiz.