O'zbekistondagi buxgalterlar uchun

Buxgalter uchun avtomatik tekshiruv tizimi

Bank ko'chirmasi bilan faktura ro'yxatini yuklang — tizim har bir kontragent bo'yicha raqamlarni solishtiradi va farq borlarini ajratib beradi.

Qo'lda bir necha kun ketadigan ish bir necha soniyada.

Tizim to'langan pul bilan kelgan fakturani kontragent kesimida solishtiradi va farq borlarini ajratib ko'rsatadi.

Karta so'ralmaydi. 1 noyabrgacha korxona soni cheksiz, sverka ham cheksiz.

To'langan / tushgan pulbank ko'chirmasidan
Kelgan / yozilgan fakturaE-fakturadan
Farq bor — ish qilish kerakfaktura so'rash yoki yozish
Qarzpul yoki faktura yetishmaydi
moslik.uz · sverka

1,37 mlrd

so'm aylanmada sinovdan o'tgan

58

ta avtomat tekshiruv, har o'zgarishdan keyin

6

ta haqiqiy bank fayli — etalon to'plam

Oylik sverka — ikki xil kun

Haqiqiy sinovda: 1,37 mlrd so'm aylanma, 152 o'tkazma, 159 faktura, 35 kontragent.

Qo'lda

bir necha kun

  • ·Ikkita Excel'ni yonma-yon ochib, ko'z bilan solishtirish
  • ·Bitta kontragent bir nechta nom bilan yozilgan — qo'lda birlashtirish
  • ·Kommunal va byudjet to'lovlari orasida adashish
  • ·Xato topilsa — hammasini boshidan

Moslik

bir necha soniya

  • Fayllarni o'z holicha yuklash — bank formatini o'zgartirish shart emas
  • Kontragent STIR bo'yicha o'zi birlashtiriladi
  • Kommunal/byudjet alohida toifaga ajraladi, JAMI esa to'liq qoladi
  • Farq bor qatorlar rangda ajralib turadi

Uch qadamda

Fayllarni yuklang

Ikkita fayl kerak: bankdan olingan ko'chirma va E-fakturadan yuklangan fakturalar ro'yxati. Ikkalasini birga tanlasangiz ham bo'ladi.

Formatlar: .xls, .xlsx, .csv. Bankning o'z faylini o'zgartirmasdan, qanday bo'lsa shunday yuklang.

Chiqim sverkasi

Excel / CSV fayllarni tanlang

.xls · .xlsx · .csv

fayllarni shu yerga
Tahlil

Tizim nimani o'qiganini ko'rsatadi

Yuklangandan keyin birinchi ko'rinadigan narsa — natija emas, TEKSHIRUV: qaysi fayldan qaysi varaq, nechta qator o'qildi va faylning o'z yakuni bilan mos keldimi.

Qoldiq tenglamasi faylning o'zini tekshiradi: boshlang'ich qoldiq + kirim − chiqim oxirgi qoldiqqa teng chiqmasa, tizim buni AYTADI va natijani jimgina ko'rsatavermaydi.

✓ O'qish hisoboti
HamkorbankHisob-faktura152 qator

Qoldiq tenglamasiboshlang'ich qoldiq + kirim − chiqim = oxirgi qoldiq

IMANMAX.xls3 038 511,11 + 722 034 354,04 − 699 298 176,27 = 25 774 688,88

fayl o'zini tekshirdi

Farqni ko'ring

Jadvalda har bir kontragent bo'yicha: qancha pul o'tgan, qancha faktura bor va oradagi farq. Oxirgi ustun nima qilish kerakligini so'z bilan yozadi.

Natijani Excel'ga yuklab olish va bitta kontragent uchun Akt sverki tayyorlash mumkin.

Dalolatnoma (Sverka)
Firma nomlariTo'langan pulKelgan fakturaFarqi
YOSH ULGURJI SAVDO
301234567
473 954 000,00473 954 000,000,00
HUDUDGAZTA'MINOT
306605769
0,0050 278 000,00−50 278 000,00
ANGREN ISSIQLIK
200112233
8 271 000,006 036 948,152 234 051,85
JAMI482 225 000,00530 268 948,15−48 043 948,15
javob shu ustunda

Ikkita sverka — ikkita savol

Ikkalasi ham bitta korxona uchun, lekin pulning yo'nalishi boshqa. Aralashtirib yubormaslik uchun har birining o'z rangi bor.

Chiqim sverkasi

To'langan pul ↔ Kelgan faktura

Siz pul to'ladingiz. Yetkazib beruvchi faktura yozib berdimi? Kim faktura bermagan — shu yerda ko'rinadi.

Kirim sverkasi

Tushgan pul ↔ Yozilgan faktura

Sizga pul tushdi. Siz faktura yozib berdingizmi? Kim to'lamagan — shu yerda ko'rinadi.

Nima bor

Har biri haqiqiy faylda chiqqan muammodan kelib chiqqan — ro'yxat to'ldirish uchun emas.

Qoldiq tenglamasi

Boshlang'ich qoldiq + kirim − chiqim = oxirgi qoldiq. Debet bilan kredit almashib ketsa faylning «Itogo» qatori buni SEZMAYDI — bu tenglama sezadi va aytadi.

Format xotirasi

Notanish bank shakli kelsa, tizim uni o'rganib oladi va keyingi safar o'zi taniydi. Xotira umumiy — har yangi foydalanuvchi hamma uchun tizimni kuchaytiradi.

Kommunal va byudjet ajraladi

Ular asosiy jadvalni chalg'itmaydi, lekin HECh QACHON o'chirilmaydi — tepadagi «JAMI» har doim to'liq summa bo'lib qoladi.

Akt sverki

Bitta kontragent uchun rasmiy ikki tomonlama hujjat: Data · Dokument · Debet · Kredit, Saldo va Oboroti qatorlari bilan. Excel'da, bosishga tayyor.

Yana 4 ta imkoniyat

Sinovda nima topildi

Haqiqiy 7 oylik ma'lumotda — 1,37 mlrd so'm aylanma, 152 o'tkazma, 159 faktura, 35 kontragent. Tizim buxgalter O'TKAZIB YUBORGAN farqlarni topdi:

  • HUDUDGAZTA'MINOT50 278 000faktura bor, to'lov yo'q
  • O'zbekiston pochtasi227 503faktura bor, to'lov yo'q
  • Zero Waste1 366 176farq 28%

Narx

Cheklov sverka soniga emas, KORXONA soniga. Sverkani qancha xohlasangiz shuncha marta qayta yuklasangiz bo'ladi.

1 noyabrgacha hammasi bepul va cheksiz. Karta so'ralmaydi — faqat ro'yxatdan o'tasiz. Keyin bepul reja qaytadi: 3 ta korxona, sverka cheksiz. Yuklagan korxonalaringiz YO'QOLMAYDI — ular ko'rinishda qoladi, faqat yangisini qo'shish to'xtaydi.

Bepul

Sinab ko'rish uchun

Bepul

  • 3 ta korxona
  • 1 foydalanuvchi
  • Sverka cheksiz
  • Barcha hisobotlar
Bepul boshlash

Buxgalter

Ko'pchilikka mos

Mijozlari bor buxgalter uchun

9 999so'm/oy

  • Korxona cheksiz
  • 1 foydalanuvchi
  • Sverka cheksiz
  • Barcha hisobotlar
Bepul boshlash

Byuro

Jamoa bilan ishlaydigan byuro uchun

39 999so'm/oy

  • Korxona cheksiz
  • 5 foydalanuvchi
  • Sverka cheksiz
  • Umumiy ish maydoni
Bepul boshlash

Hozircha to'lov qabul qilinmaydi — hamma hisob bepul rejada ishlaydi. Pulli reja kerak bo'lsa, yozib qoldiring: kim so'raganini bilamiz va avval o'shalarga ochamiz.

Keyin nima bo'ladi

Bular hali YO'Q. Va'da sifatida emas, yo'nalish sifatida yozilgan.

Tez kunda

Virtual Ombor (Astatka)

MXIK (IKPU) kodlari bo'yicha tovar qoldiqlarini avtomatik hisoblash.

Tez kunda

AI tahlil va prognoz

Soliq xavflarini oldindan ko'rsatish va avtomatik balans tuzish.

Tez kunda

To'g'ridan-to'g'ri ulanish

Excel o'rniga bank va E-faktura bilan bevosita aloqa (1C «Kliyent-Bank», camt.053).

Tez-tez so'raladigan savollar

Tizim raqamni o'zi tuzatib qo'yadimi?

Yo'q. Hech qachon. Tizim faqat faylda nima yozilganini o'qiydi va farqni ko'rsatadi. To'g'rilash — sizning qaroringiz.

Qaysi banklarning fayllari o'qiladi?

Hozir taniydigan shakllar: Hamkorbank, Ipoteka / ASBT va bir nechta umumiy ko'rinishlar. Notanish shakl kelsa, tizim uni o'rganib oladi va keyingi safar o'zi taniydi.

Fayllarim kimga ko'rinadi?

Faqat sizga. Har bir hisob o'z ish maydonida ishlaydi — boshqa foydalanuvchi sizning korxonalaringizni ham, summalaringizni ham ko'rmaydi.

Pulimi?

1 noyabrgacha hammasi bepul va cheksiz — karta so'ralmaydi, faqat ro'yxatdan o'tasiz. Keyin bepul reja qaytadi: 3 ta korxona, sverka cheksiz. Shu vaqtgacha yuklagan korxonalaringiz yo'qolmaydi — ular ko'rinishda qoladi, faqat yangisini qo'shish to'xtaydi.

Kommunal va soliq to'lovlari sverkani chalg'itmaydimi?

Ular alohida toifaga ajratiladi va asosiy jadvaldan olib turiladi. Lekin HECh QACHON o'chirilmaydi — tepadagi «JAMI» har doim to'liq summa bo'lib qoladi.

Qanday fayl formatlari qabul qilinadi?

Excel (.xls, .xlsx) va CSV. Bankning o'z faylini o'zgartirmasdan, qanday bo'lsa shunday yuklasangiz bo'ladi.

Akt sverki tayyorlab bera oladimi?

Ha. Bitta kontragent uchun rasmiy ikki tomonlama dalolatnoma tuziladi: Data, Dokument, Debet, Kredit ustunlari va Saldo bilan. Excel fayl bo'lib yuklanadi.

Ma'lumotlarim qayerda saqlanadi?

Yuklangan faylning o'zi saqlanmaydi — u faqat o'qiladi. Siz «Saqlash» tugmasini bossangiz, natija jadvali o'z ish maydoningizda saqlanadi.

Bitta korxonada sinab ko'ring

Eng chalkash mijozingizning bank ko'chirmasi va faktura ro'yxatini yuklang. Farq bormi — bir daqiqada bilasiz.